<?xml version="1.0" encoding="UTF-8"?><song><author>Ravshan Xizirov</author>
<title>Kuldi Ustimdan (anʼanaviy)</title>
<lyrics>[V1]
 Kimdir kuldi mening ustimdan,
 Imonimdan, kamu-koʻstimdan.
 Tuxmat, boʻxton koʻrdim doʻstimdan,
 Rabbim Sizni bilmagani-chun.

[V2]
 &quot;Kofir&quot;- dedi yaqin qondoshlar,
 Otilmagan qolmadi toshlar.
 Yuz oʻgirdi koʻp bagʻritoshlar
 Rabbim Sizni bilmagani-chun.

[V3]
 Goh qoʻrquvda, goho shod boʻldim,
 Goh yiqildim, goh barbod boʻldim.
 Mish-mishlardan tiriklay oʻldim
 Rabbim Sizni bilmagani-chun.

[V4]
 Har biriga Najot soʻradim,
 Ismingizla Hayot soʻradim.
 Egishmoqchi boʻldilar qaddim
 Rabbim Sizni bilmagani-chun.

[V5]
 Yupatadi har bir Soʻzingiz,
 Men uchun Qon toʻkkan Oʻzingiz
 Hali izlar har kim izingiz
 Rabbim Sizni bilmagani-chun.

[V6]
 Sevgingizga toʻldiring Rabbim,
 Ruhingizga toʻlsin bu qalbim
 Hamdu sano kuylasin labim
 Rabbim Sizni bilganim uchun

[V7]
 Sevgi yuragimda Sevgi dilimda
 Har bir aytgan Sevgi toʻla soʻzimda
 Agar gumroh boʻlsam Xudoda ayb yoʻq
 Hamma ayb doʻstim rosti oʻzimda.

[V8]
 Tanimadim Uni, bilmadim Uni
 Meni sevdi jondan, sevmadim Uni.
 Umr berdi goʻzal, rizq berdi goʻzal,
 Nima deyman doʻstim qiyomat kuni.

[V9]
 Dunyo goʻzal qizdek yetaklar aldab
 Faxshu-zino tigʻin koʻksimga qadab.
 Qoʻzimni och Rabbim, koʻzlarimni och
 Iblis tuzogʻidan qutqargin yo Rab!

[V10]
 Yoningdaman bandam chekma gʻam dedi
 Menga kel topshirgin gʻamu-anduhing
 Kalomimga ishon, Unda jam dedi
 Najot Soʻzlarimdan yashaydi ruhing.

[V11]
 Xudo Sevgi, doʻstim chaqirgin Uni
 Paypaslab boʻlsa ham topgin sen bugun
 Magʻrurlikdan kechgin, gunohdan kechgin
 U bilan hayoting hamisha gulgun</lyrics>
</song>